“KHILAL GROUP” korxonalarida qo‘riqlash xizmati tubdan isloh qilinib, ishchi xodimlar va hududlar xavfsizligi to‘liq ta’minlanmoqda.
2026-07-09 14:47
KHILAL TEX ip yigiruv fabrikasida qo‘riqlash xizmati tubdan isloh qilindi. Qo‘riqlash bo‘limida doimiy ravishda o‘tkazilgan tadbirlar va islohotlar natijasida bugungi kunda korxonadagi ishchi xodimlar xavfsizligi to‘liq ta’minlangan. Korxona hududida doimiy nazorat va xavfsizlik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, korxonaga kirib kelayotgan va chiqayotgan har bir yuk yoki transport vositasi to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Natijada ko‘ngilsiz va shubhali holatlarga chek qo‘yildi hamda bu orqali tovarlarning ortiqcha harakatining ham oldi olinmoqda.
Qolaversa, qo‘riqlash xizmati tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ham doimiy chora-tadbirlar olib borilmoqda.