O‘zbekistonda paxta va to‘qimachilik sanoati izchil rivojlanib bormoqda. Soha yutuqlari Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bevosita bog‘liq.
Hududlardagi tabiiy xomashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish orqali aholining bandligi, daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasbi tumanida eksportga ixtisoslashgan yirik korxonani ishga tushirish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha “Rimpex Polymer” MChJ tomonidan “Paxta va sun’iy toladan aralash ip ishlab chiqarish hamda tekstil chiqindilarini qayta ishlashni tashkil etish” investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 24,5 mln yevroni tashkil etadi.
Murotjon Azimov korxonaga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, korxona yiliga o‘rtacha 8 000 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Eksport hisobiga yillik 14,0 mln AQSh dollari daromad olinishi kutilmoqda. Korxonani 2026-yil sentabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha natijasida 500 nafar fuqaro ish bilan ta’minlanadi.