Khilal Group delegatsiyasining Hindistonga amaliy tashrifi
2026-01-27 15:43
Paxta-to‘qimachilik sanoatida ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy ishlab chiqarish tajribasini o‘rganish maqsadida Khilal Group delegatsiyasi Hindistonning yirik tekstil uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonasi — Lakshmi Machine Works Limited taklifiga binoan 7 kunlik amaliy tashrif bilan mazkur korxonada bo‘lib qaytdi.
Tashrif davomida delegatsiya ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy ip yigirish uskunalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, sifat nazorati va “Business Excellence” modeli asosida yo‘lga qo‘yilgan samarali menejment tizimi bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan:
— zamonaviy ip yigirish va tekstil uskunalari texnologiyalari;
— ishlab chiqarishni raqamlashtirish va avtomatlashtirish yechimlari;
— Lean-menejment va xarajatlarni kamaytirish usullari;
— mahsulot sifati va ish samaradorligini oshirish amaliyoti;
— xodimlar malakasini oshirish va korxona boshqaruv madaniyati.
Mazkur tashrifda:
— Khilal Tex rahbari Komiljon Nabiyev,
— Khilal Vortex rahbari Xudoyor Isroilov,
— ishlab chiqarish bo‘yicha rahbar Samad Turdeyev
faol ishtirok etib, korxonalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib bordilar.
Ushbu amaliy safar Khilal Group korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda eksport salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.