YANGILIKLAR

“Sanoat qahramonlari” loyihasining 22-qahramoni — Xudoyor Isroilov

2026-10-02 18:21
“Sanoat qahramonlari” loyihasining 22-qahramoni — Xudoyor Isroilov, “KHILAL VORTEX” MChJ rahbari.

🏭 Korxonada sun’iy va tabiiy tolalardan 7 turdagi ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududda 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

📈Bugungi kunda korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 360 tonna ip-kalavani tashkil etib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 100 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda.

💼 Korxonani tashkil etish va ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun 18,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan.

Bu — hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyoni qayta ishlab qo‘shilgan qiymat yaratish va tayyor mahsulot bilan tashqi bozorga chiqishning amaliy misollaridan biri.

🎬 400 ta ish o‘rni. 70% mahalliylashtirish. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 100% — eksportga.