YO‘NALISH

Tekstil klasteri

Biz agrar ishlab chiqarish, qayta ishlash va sanoatni yagona ekotizimga birlashtirdik — shunda har bir tekstil ipi nazorat qilingan va sifatli paxtadan boshlanadi.
Yagona ekotizim
KHILAL GROUP
KHILAL klasteri — bu shunchaki dalalar va zavodlar emas.

Bu yetishtirish, qayta ishlash va logistika yagona maqsadga — toza, sifatli va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot yaratishga xizmat qiladigan integratsiyalashgan tizimdir.
  • O‘z qishloq xo‘jaligi yerlari va qayta ishlash
    Ekilishdan tortib tolani tozalashgacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilamiz, vositachilarga bog‘liqlikni bartaraf etamiz.
  • Aniq dehqonchilik texnologiyalari
    Hosildorlik va tuproq sifatini nazorat qilish uchun GPS-monitoring, namlik sensorlari va dronlardan foydalanamiz.
  • Ishlab chiqarish siklining avtomatlashtirilishi
    Yig‘im-terimdan boshlab presslash va tashishgacha barcha bosqichlar raqamli hisobda yuritiladi.
  • Yerga mas’uliyatli munosabat
    Hosildorlikni saqlash uchun suvdan oqilona foydalanish va almashlab ekish (sevooborot) amaliyotlarini joriy qilamiz.
Ko‘lam, samaradorlik va hududga qo‘shilayotgan hissa
KHILAL GROUP paxta klasteri agrar sektor va sanoat integratsiyasining namunasi bo‘lib, yangi ish o‘rinlarini yaratadi, infratuzilmani rivojlantiradi va mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlaydi.
  • 15 000
    15 000 gektar ekin maydoni

    Kapillyar (tomchilatib) sug‘orish tizimlari va raqamli monitoring bilan jihozlangan zamonaviy dalalar.
  • 80 000
    Yiliga 80 000 tonna paxta

    Klasterning yopiqlanga siklida xomashyo yig‘ilishi hajmi.
  • 3
    3 ta qayta ishlash korxonasi

    To‘liq sikl: dastlabki tozalashdan tortib ip yigirishgacha.
  • 1 200+
    1 200 dan ortiq ish o‘rni

    Klaster barqaror bandlikni yaratadi va mahalliy mutaxassislarni zamonaviy agrotexnika amaliyotlariga o‘qitadi.
Texnologiyalar, barqarorlik va rivojlanish
KHILAL GROUP paxta klasteri — qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar sanoat o‘sishining harakatlantiruvchi kuchiga aylanishining yorqin namunasi.
  • To‘liq sikl — daladan matogacha
    Paxtani yetishtiramiz, qayta ishlaymiz va o‘zimizning tekstil fabrikalariga yetkazib beramiz.
  • Hosilning raqamli boshqaruvi
    Analitik tizimlar hosildorlikni prognozlaydi va sug‘orish jarayonlarini boshqaradi.
  • Agronomik ekspertiza va o‘qitish
    Fermerlarni o‘qitamiz va tuproqni qayta ishlashning zamonaviy usullarini joriy qilamiz.
  • Har bir bosqichda sifat nazorati
    Qayta ishlashdan oldin tolani va namlikni laboratoriya testlaridan o‘tkazamiz.
  • Ekologik mas’uliyat
    Kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanishni minimallashtiramiz va energiya tejamkor jarayonlarni joriy qilamiz.
  • Hududiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash
    Qashqadaryo viloyatida yo‘llar, ichimlik suvi tizimlari va ijtimoiy loyihalarga investitsiyalar kiritamiz.
KHILAL TEX
KHILAL VORTEX
KASBI KHILAL TEX
RIMPEX POLYMER
EVER GREEN WAY
Yopiq ishlab chiqarish zanjiri
Paxta dalasidan tayyor ipgacha — hammasi KHILAL GROUP tuzilmasi ichida.
Eksport salohiyati
Paxta va tola xalqaro tekstil standartlari talablariга mos keladi.
Eksport salohiyati
Paxta va tola xalqaro tekstil standartlari talablariга mos keladi.
Ijtimoiy missiya
Qishloq hududlarida ish o‘rinlari yaratish va infratuzilmani yaxshilash.
Innovatsion agroishlab chiqarish
Dronlar, GPS va avtomatik sug‘orish tizimlari har gektardagi samaradorlikni oshiradi.
“Yashil” yoqilg‘iga kirishni kengaytirish
KHILAL GROUP biznes va jismoniy shaxslar uchun gazomotor infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiya qilmoqda.

Yangiliklarimizni kuzatib boring

Kompaniya blogi
KHILAL GROUP O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlarinirivojlantirgan holda tekstil ishlab chiqarishi, agroklaster va avtoyoqilg‘i shoxobchalari tarmog‘ini birlashtiradi.
Sanoat yetakchisi
Navigatsiya
Telefon raqami
Elektron pochta
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 34
Yo‘nalishlar
Kompaniyalar
© KHILAL GROUP 2025. Barcha huquqlar himoyalangan.
www.khilal.uz